logo
Ko'p beriladigan savollar

Ilovadan ro'yhatdan o'tayotganimda nega sms xabar kelmadi?

Sms kelmasligi holatlari, hisobingizda mablag' bo'lmasa yoki aloqa yaxshi bo'lmagan holatlarda sms xabar kelmasligi mumkin, agar ushbu muammolar bo'lmasa Sizdan yarim soatdan keyin urinib ko'rishingizni so'raymiz.

Buyurtma qabul qilishim uchun, Tezservice ilovasida qanday ro'yxatdan o'tishim kerak?

Buyurtma qabul qilish uchun, TezService ilovasidan ijrochi bo’lib ro’yxatdan o’tishingiz va o’z xizmat turlaringizni tanlashingiz kerak. Mening profilim bo'limida o'zingiz haqingizda qo'shimcha ma'lumotlarni to'ldirishingiz mumkin.

Buyurtma berishim uchun Tezservice ilovasida qanday ro'yxatdan o'tishim kerak?

Buyurtma berishingiz uchun Tezservice ilovasida buyurtmachi bo'lib ro'yxatdan o'tishingiz, bosh sahifada kategoriyalar ichidan o'zizga kerakli xizmatni tanlashingiz va qo'shimcha ma'lumotlarni kiritgan holda ijrochi topishingiz mumkin.

Men bir nechta xizmat turi bo'yicha buyurtma qabul qilsam bo'ladimi?

Albatta mumkin! Mening profilimni tahrirlashda siz kategoriyalar ichidan bir nechta xizmatlaringizni belgilab yoki kategoriyalar qidiruvida xizmatlaringizni topib qo'yishingiz mumkin.

Buyurtma kelganini qanday bilsam bo'ladi?

Yangi buyurtmalar kelganda, Sizga bildirishnoma jo’natiladi yoki Siz ilovaga kirib, yangi buyurtmalar sahifasidan ko’rsangiz bo’ladi.

Nega menga buyurtmalar kelmayapti?

Buyurtma kelmasligini bir nechta sabablari bo'lishi mumkin: - ilova internetga ulanmaganligi; - bosh sahifada " Men bo'shman" tugmasi bosilmaganligi; - "Mening profilim" sahifasida Siz ko'rsatmoqchi bo'lgan xizmatlaringizni qo'shilmaganligi - Ish vaqti bo'limida " Barcha kunlar ish kuni emas" deb belgilanganligi.

Mijoz men bilan qanday aloqaga chiqadi?

Buyurtmachi taklif jo'natgan ustalardan birini tanlagandan keyin o'sha usta bilan bog'lanish imkoni paydo bo'ladi. Bunda Buyurtmachi ham, Usta ham Telefon qilish yoki Chat orqali xabar yuborishlari mumkin bo'ladi.

Buyurtma narxlari menga to'g'ri kelmasa taklif bera olamanmi?

Xa albatta. Buyurtma bilan tanishib chiqib, buyurtmani ko'rish tugmasini bosganda pastda yangi oyna ochiladi. u yerda Buyurtmachi taklif qilgan pulga rozilik bildirish, yoki yangi narx taklif qilish mumkin.

Buyurtmachiga buyurtmani qabul qilganim haqida bildirishnomani yubordim, buyurtmachidan haligacha javob kelgani yoq?

Ijrochi buyurtmani qabul qilganida, mijozga buyurtma qabul qilinganlik haqida bildirishnoma yetib boradi. Mijoz ijrochi bilan tez orada aloqaga chiqadi.

Usta chaqirayotganimda joylashgan manzilimni qanday qilib saqlab qo'ysam bo'ladi?

Buyurtmachilar “Mening manzillarim” sahifasida o’z manzillarini saqlab qo’yishsa bo’ladi.

Usta va mutaxassis topish uchun ilovada qanday buyurtma bersam bo'ladi?

Ilovada buyurtma berish uchun Sizga qaysi xizmat turi bo’yicha mutaxassis kerakligini tanlab, buyurtma tasnifi, taklif etmoqchi bo'lgan narxingiz va manzilingizni kiritib qidirish tugmasi bosiladi.

Taklif jo'natgan ijrochi haqida ma'lumotlarni qanday ko'rsam bo'ladi?

Buyurtmaga taklif jo'natgan ijrochilar ro'yxatiga "So'rovlar" sahifasida yaratilgan so'rov ustiga bosish orqali o'tiladi. Bu yerda tanlamoqchi bo'lgan mutaxassisni ustiga bosish orqali u haqida ma'lumotlarni ko'rish mumkin.

Ishni tugatganimdan so'ng ilovadagi buyurtmani qanday yakunlayman?

Ish bajarilgandan so'ng ijrochi va buyurtmachi tomonidan ilovada ISH TUGATILDI tugmasi bosilishi kerak, shundan so'ng buyurtma yakunlangan xisoblanadi.